Abdulaziz Komilov Jak Shirakning dafn marosimida ishtirok etadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2019 yil 30 sentyabr kuni Fransiya Respublikasining sobiq Prezidenti Jak Shirakning dafn marosimida ishtirok etadi. 

Eslatib o‘tamiz, Jak Shirak 26 sentyabr kuni 86 yoshida vafot etdi.

Jak Shirak 1932 yilning 29 noyabrida Parijda tug‘ilgan. Karno va Lyudovik Buyuk litseyida u rus tilini o‘rgangan, o‘smir yoshida Pushkinning “Yevgeniy Onegin” poemasini fransuz tiliga o‘girgan.

U 1995—2007 yillarda, ikki muddat Fransiya prezidenti bo‘lgan. Bungacha ikki marta — 1974—1976 va 1986—1988 yillarda mamlakat bosh vaziri bo‘lgan. Ikkinchi bosh vazirlik muddatini Parij meri lavozimi bilan birga o‘tkazgan. Jak Shirak Fransiya poytaxtini 18 yil davomida boshqargan.

U Ikkinchi Jahon urushida yahudiylarning deportatsiya qilinishiga Fransiyaning daxldorligini birinchi bo‘lib tan olgani, shuningdek, AQSHning Iroqqa bostirib kirishini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgani bilan tanilgandi. Shuningdek, Shirak davrida Fransiya Prezidentining vakolat muddati yetti yildan besh yilga kamaytirilgan.

Shirak 2005 yilda insultni boshdan kechirgan, so‘nggi yillarda uning sog‘ligi yomonlashib borayotgani haqida xabarlar tarqalayotgandi.

Jak Shirak O‘zbekiston—Fransiya munosabatlarining mustahkamlanishiga ham katta hissa qo‘shganini alohida qayd etish lozim. 1996 yil 24 aprel kuni Parijda YUNESKO tomonidan tashkil qilingan Amir Temurning 660 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazmada shaxsan Jak Shirakning o‘zi ishtirok etgan. Ayni shu yig‘inda Amir Temurning 1402 yilda Fransiya qiroli Sharl VI nomiga yo‘llagan maktubini O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovga sovg‘a qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Abdulaziz Komilov Jak Shirak

Baholaganlar

54

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing