Mirziyoyev Fransiya xalqiga ta’ziya bildirdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Fransiyaning sobiq Prezidenti, taniqli davlat va siyosat arbobi Jak Shirak 86 yoshida vafot etgani haqida xabar bergan edik. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron va mamlakat xalqiga respublikaning sobiq Prezidenti Jak Shirak vafot etgani munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda Prezident Mirziyoyevning Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Jak Shirak 2005 yilda insultni, 2013 yildan buyrak operatsiyasini boshdan kechirgan.

Jak Shirak 1932 yilda yilda tug‘ilgan. 

U Prezident bo‘lgunga qadar 3 marta Parij shahri meri lavozimiga saylangan. Ikki muddat mamlakat Bosh vaziri bo‘lgan. 1995 yildan 2007 yilgacha Prezident lavozimida ishlagan. 

Jak Shirak 12 yillik Prezidentlikdan so‘ng 2011 yilga kelib, byudjet mablag‘larini o‘zlashtirishda ayblangan. Salomatligi yaxshi bo‘lmagani uchun sud majlislarida sirtdan ishtirok etgan. Sud unga 2 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosini qo‘llagan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Jak Shirak

Baholaganlar

17

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing