Sobiq prezident uy qamog‘iga olindi

Olam

image

Albaniya sudi sobiq prezident va bosh vazir Sali Berishani mansabini suiiste’mol qilishda va korrupsiyada ayblab, uy qamog‘ida saqlashga qaror qildi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Prokurorlar 79 yoshli Berishani 2005-2009 yillarda bosh vazir bo‘lgan paytida qarindoshlari, xususan, kuyovi Jamarber Malltezining davlat yerlarini xususiylashtirishda vositachilik qilganlikda ayblamoqda. Sud ushbu talabni qanoatlantirib, uni uy qamog‘iga hukm qildi.

Sobiq bosh vazir bu ayblovlarni rad etib, bu kabi bo‘htonlar muxolifatning ovozini o‘chirish uchun o‘ylab topilgani va ularning ortida amaldagi Bosh vazir Edi Rama turganini aytgan.

Ma’lumot uchun, Berisha 1992-1997-yillarda prezident, 2005-2013-yillarda esa bosh vazir bo‘lgan. 2021 yilda Qo‘shma Shtatlar unga va uning oilasiga AQSHga kirishni taqiqladi va Davlat departamenti uni bosh vazir lavozimida ishlagan vaqtida korrupsion harakatlarda, jumladan, hokimiyatdan shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalanganlikda aybladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyi oxirlarida, Markaziy Afrikada joylashgan Gabon davlati Prezidenti uy qamog‘iga olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

prezident Albaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made