Sobiq Prezident AQSH va Rossiyani to‘xtab, o‘ylab olishga chaqirdi
Olam
−
30 aprel 2019
8768Sobiq Sovet Ittifoqi Prezidenti Mixail Gorbachyov Rossiya va AQSH strategik muloqotni qayta tiklashi kerakligini, negaki yadroviy tiyib turish dunyoni qutqarmasligini, aksincha, uni xatarga qo‘yishini aytib o‘tdi.
“Bugun AQSH va Rossiya xavfli chorrahada turibdi. Ular to‘xtab, o‘ylab olishi kerak. “Sovuq urush” veteranlari allaqachon aytdi. Hozir mamlakatlarimiz rahbarlari harakat qiladigan vaqt keldi”, deb yozgan Gorbachyov “Wall Street Journal” gazetasida e’lon qilingan maqolasida.
Sovet Ittifoqining sobiq rahbari AQSHning sobiq Davlat kotibi Jorj Shuls, sobiq Mudofaa vaziri Uilyam Perri va amerikalik senator Semyuel Nanning rasmiy Vashington va Moskva o‘rtasida mustahkam muloqot bo‘lmagan taqdirda tiyib turish dunyoni yadroviy xatodan yoki yadroviy terrordan qutqarmasligini ta’kidlab aytgan so‘zlarini eslab o‘tgan.
“Men ularning AQSH va Rossiya o‘rtasida zudlik bilan strategik muloqotni tiklash fikriga qo‘shilaman. Aminmanki, yadroviy tiyib turish dunyoni qutqarmaydi, bil aks uni xatarga qo‘yadi”, deb yozgan Gorbachyov.
Gorbachyov yadroviy qurolni spektakl devorida osig‘liq miltiqqa o‘xshatgan. “Qurol noma’lum shaxs tomonidan yozilgan va ilingan, ammo kimning manfaati uchun biz bilmaymiz”, deyiladi maqolada.
“Yadroviy qurol texnik nosozlik, inson omili yoki kompyuterdagi xatolik sabab ishga tushib ketishi mumkin. Hozirda kompyuter texnologiyalari har yerda ishlatiladi. Kompyuter va elektrotexnika vositalari aviatsiya, ishlab chiqarish va boshqa turli nazorat tizimlarida necha bor pand berganini bilasizmi?”, degan Gorbachyoyev.
Qayd etish kerakki, Mixail Gorbachyov Rossiya va AQSH o‘rtasida strategik muloqotni tiklash kerakligini bir necha bor ta’kidlagan. U shuningdek, rasmiy Vashingtonning O‘rta va qisqa masofaga uchadigan raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha shartnomadan chiqishini ham tanqid qilgandi.
LiveBarchasi