Putin taktik yadroviy qurol ishlatishi mumkin – “Bloomberg”

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralari berk ko‘chaga kirib qoldi deb hisoblaydi va jangovar harakatlar kuchayishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shu bilan birga, Rossiya Prezidentining atrofidagilar orasida u yakunda taktik yadroviy quroldan foydalanishi mumkinligi haqidagi xavotirlar ortib bormoqda. Bu haqda Kremlga yaqin manbalarga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.

Nashr suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, yaqin orada Rossiya Kiyevga, jumladan, shahar markaziga, shuningdek Ukrainaning boshqa shaharlaridagi infratuzilma ob’ektlariga ballistik raketalar bilan beriladigan zarbalarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

“Tramp administratsiyasi vositachiligida qariyb bir yarim yildan beri davom etgan muzokaralar de-fakto muvaffaqiyatsizlikka uchradi”, deydi manbalar.

Shuningdek, ikkala tomon ham muzokaralar boshida qayerda bo‘lgan bo‘lsa, hali ham o‘sha joyda turibdi. O‘nlab neftni qayta ishlash zavodlari, portlar hamda marketpleyslar omborlariga zarar yetkazgan Ukraina zarbalarini Moskva NATO tomonidan qilingan hujum deb hisoblaydi, chunki alyans Kiyevga qurol-yarog‘ va razvedka ma’lumotlarini yetkazib bermoqda.

Iqtisodiy bosim, benzin inqirozi va logistik xablarga berilayotgan zarbalarga qaramay, Putin urushni yakunlashni rejalashtirmayapti. Ularning so‘zlariga ko‘ra, o‘zaro zarbalarning hozirgi bosqichi hali harbiy eskalatsiyaning cho‘qqisi emas.

“Rossiyalik amaldorlarning tobora ko‘proq qismi Putin so‘nggi chora sifatida Ukrainaga qarshi taktik yadroviy qurol qo‘llashi mumkin, degan xulosaga kelmoqda”, deydi “Bloomberg”ning Kremlga yaqin manbalari. 

Nuashrning yozishicha, bunday qadamni qo‘llab-quvvatlovchi urush tarafdorlari bo‘lgan “lochinlar” tomonidan da’vatlar oxirgi vaqtlarda yanada balandroq yangramoqda. Chunki urushda mag‘lub bo‘lish Putin uchun mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan ssenariy.

To‘rtta manbaga ko‘ra, Ukraina bo‘yicha diplomatiya o‘z nihoyasiga yetgani sababli, Moskvada eskalatsiyaga muqobil variantlar juda kam deb qaralmoqda.

“Kreml hali ham Donald Trampning maxsus vakillari Stiven Uitkoff va Jared Kushner Moskvaga yangi takliflar olib kelishiga umid qilmoqda, garchi burilish yasalishiga bo‘lgan umidlar juda past bo‘lsa-da”, deydi manbalar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xakerlar Rossiyaning “Sberbank“ bankiga tegishli ekani aytilgan, Rossiya va Ukraina urushi yakunlanishining ehtimoliy ssenariylari keltirilgan hujjatni e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing