Sobiq organ xodimlaridan iborat jinoiy guruh qo‘lga olindi

Olam

image
0:00
0:00
download

Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari xodimlari Qarag‘anda viloyatida jinoiy guruh faoliyatini to‘xtatib, 40 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda bugun, 6 mart kuni Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 5 mart kuni vazirlikning Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi hamda Milliy xavfsizlik qo‘mitasining beshinchi bo‘linmasi o‘zaro hamkorlikda maxsus operatsiya o‘tkazgan. Ular uzoq vaqt davomida Qarag‘anda viloyatidagi kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelayotgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘ygan.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, jinoiy hamjamiyat a’zolari jamoat tartibini buzgan holda o‘qotar qurol yordamida bir necha bor o‘zaro janjal uyushtirgan. Guruhning 50 ga yaqin faol a’zolari orasida sobiq huquqni muhofaza qilish organlari va xavfsizlik tashkilotlari xodimlari bo‘lgan. Guruh rahbari va a’zolari o‘rtasida o‘ziga hos iyerarxiya shakllangan. Olib borilgan maxsus va tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur hududdagi yirik sanoat ob’ektlari, jumladan, “Arcellor Mittal Temirtau” aksiyadorlik jamiyatida inventar buyumlarni o‘g‘irlashning ko‘p bosqichli tizimi fosh etilgan. 

Bundan tashqari, huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan mazkur guruh a’zolarining bir necha ochilmagan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarga (tovlamachilik, badanga og‘ir shikast yetkazish, odam o‘ldirish) aloqadorligi aniqlangan. 

Maxsus operatsiya davomida 100 dan ortiq tintuv o‘tkazilib, 9 ta o‘qotar qurol, 200 ga yaqin o‘q-dorilar, granatomyot, trotil, granatalar, qalbaki hujjatlar va muhrlar, diniy adabiyotlar, katta miqdordagi pul mablag‘lari, ko‘char va ko‘chmas mulklar aniqlangan. Shuningdek, 40 nafar jinoyatchi ichki ishlar organlariga yetkazilgan. Holat yuzasidan tezkor-tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing