Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri qamoqqa olindi
3-sahifa
−
18 dekabr 2023
21489O‘zbekistonning sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov qamoqqa olindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Voitov iqtisodiy jinoyatlar bilan bog‘liq ish yuzasidan tergov qilinmoqda. Unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi Yashnobod tuman sudida tanlangan.
Aziz Voitov 1980 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti: oliy, Toshkent moliya instituti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida turli lavozimlarda ishlagan (2000-2017 yy), 2017-2020 yillarda "O‘zsanoatqurilishbank" ATB Boshqaruvi Raisi vazifasini bajaruvchi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, Aziz Botirovich Voitov 2022 yilning avgust oyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga tayinlangandi.
LiveBarchasi