Aziz Voitov Qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlandi
Jamiyat
−
29 avgust 2022
11485Aziz Botirovich Voitov O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga tayinlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli farmonni imzoladi.
Hujjat bilan Aziz Voitov O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Aziz Voitov 1980 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti: oliy, Toshkent moliya instituti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki turli lavozimlarda ishlagan (2000-2017 yy), 2017-2020 yillarda "O‘zsanoatqurilishbank" ATB Boshqaruvi Raisi vazifasini bajaruvchi lavozimlarida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, sobiq Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlangandi.
LiveBarchasi