Sobiq futbolchining qamoqda yozgan xati sotuvga qo‘yildi
Sport
−
22 dekabr 727 1 daqiqa
Moskva shahrining “Torpedo” jamoasining sobiq futbolchisi va sovet futbolining afsonasi Eduard Strelsov tomonidan qamoqxonadan uyiga yozilgan xati 2 million rubl (taxminan 24 800 AQSH dollari)ga sotuvga qo‘yildi. Bu haqda “Press” nashri xabar berdi.
Xatda mashhur futbolchi panjara ortidagi hayoti, futbolga bo‘lgan munosabati, yomon odatlari hamda “Spartak”ga qarshi derbini radioda qanday kuzatib borgani haqida so‘z yuritgan.
%20copy(31).jpg)
“Sog‘lig‘im yaxshi. Mashg‘ulot o‘tkazyapman, bir tomonlama o‘yinlar o‘ynayapmiz va darvozaga zarbalar beryapman. To‘p uchun yana bir bor rahmat. Tez orada chekishni tashlayman. Bu juda sog‘liqqa zararli ekanini tushunaman. Menga xayriya kerak emas. Hali xayriya qabul qilishim kerak bo‘lgan darajaga yetmaganman”, deb yozgan xatda Strelsov.

Ma’lumot uchun, Eduard Strelsov 1958 yil iyulidan 1963 yil fevraligacha zo‘rlash ayblovi bilan qamoq jazosini o‘tagan. Futbolchi o‘zini aybsiz deb hisoblagan.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr