Sobiq “Formula-1” haydovchisi hibsga olindi

Sport

image

Sobiq “Formula-1” haydovchisi Adrian Sutil xalqaro politsiyaning muvofiqlashtirilgan operatsiyasi davomida hibsga olindi. 42 yoshli Sutil jiddiy firibgarlik va pul o‘g‘irlashda ayblanmoqda. Bu haqda News on F1 xabar berdi.

Tergovlar bir vaqtning o‘zida uning Monako, Shveysariya va Zindelfingendagi mulklarida o‘tkazilgan. Shtutgart shtati jinoiy politsiyasi Sutilni joriy yilning 27 noyabr kuni ertalab Germaniyada hibsga olgan va mahalliy sudga olib ketgan.

Shtutgart prokuraturasi faqat bir nechta mulklar tintuv qilinganini tasdiqlagan, ammo ayblov tafsilotlarini oshkor etishdan bosh tortgan. Ma’lumotiga ko‘ra, tergov Sutilning Monako va Shveysariyadagi hashamatli avtomobillar savdosi bilan bog‘liq qo‘shma firibgarlik va o‘g‘irlash bo‘yicha gumonlarni o‘rganmoqda.

Sobiq poygachi 2012 yilda Shanxaydagi tungi klubda shampan qadahi bilan Lotus investori Erik Lyuksga jarohat yetkazgani uchun 18 oylik shartli qamoq jazosiga hukm qilingan.

Sutil 2014 yilda “Formula-1”dagi faoliyatini yakunlagan. Shundan so‘ng, sobiq poygachi muntazam ravishda yuqori darajadagi avtomobillar kolleksiyasi bilan e’tiborni tortgan. “Auto Hebdo” shu yil boshida uning garajida Bugatti Chiron, Pagani Zonda, Ferrari Enzo va bir nechta Koenigsegg modellari borligi haqida xabar bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Barselona Apellyatsiya sudi “Barselona” klubi prezidenti Joan Laportaga  nisbatan 100 ming yevrolik firibgarlik ishi bo‘yicha tergov boshlashni buyurgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik hibsga olindi “Formula-1” Adrian Sutil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing