Sobiq deputat Aliya Yunusova nomzodi yangi lavozimga ma’qullandi

Jamiyat

image

Kecha, 25 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning 2019 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni eshitishdi. 

Qayd etilishicha, 2019 yilda Ombudsman nomiga O‘zbekiston Respublikasi, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlari, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan jami 12 822 ta (2018 yilda – 10 832 ta) murojaat kelib tushgan. Ta’kidlanishicha, murojaatlarning 38,8 foizi inson va fuqaroning shaxsiy huquq va erkinliklariga, 31,6 foizi ijtimoiy, 25,3 foizi iqtisodiy, 3,5 foizi siyosiy va 0,8 foizi ekologik huquqlarga tegishli.

O‘zbekistonda onalik va bolalikni qo‘llab-quvvatlash, bolalarning ma’naviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida Prezidentning “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga muvofiq, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) o‘rinbosari — Bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimi joriy etildi va Kotibiyat tuzilmasida bola huquqlarini ta’minlash faoliyatiga ko‘maklashuvchi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 2 nafardan iborat sektor tuzildi.

26 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 26 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar Ombudsman o‘rinbosari — Bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimiga Aliya Yunusova nomzodini ma’qulladi.

Qaror ma’qullash uchun Senatga yuborilgan.

Aliya Yunusova (1961 yilda tug‘ilgan) — ish faoliyatini Toshkent davlat tibbiyot institutida (1983−1989 yillarda) o‘qituvchilikdan boshlagan. U turli yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Mo‘minov nomli falsafa va huquq institutida aspirant (1989−1999), kichik ilmiy xodim, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada I darajali mutaxassis (1991−1993), bosh mutaxassis, inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy markazida bo‘lim mudiri (1999−2005) lavozimlarida mehnat qilgan. Yunusova 2005−2020 yillarda — uchinchi chaqiriq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Deputat Aliya Yunusova

Baholaganlar

100

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing