Sobiq Bosh prokuror Rashid Qodirov ishi bo‘yicha sud jarayoni tugagan
Jamiyat
−
25 iyun 2019
13986O‘zbekiston Respublikasi sobiq Bosh prokurori Rashid Qodirov ishi bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ`ga Oliy sud Matbuot xizmati xabar berdi.
“Toshkent shahar sudida Rashid Qodirov ishi bo‘yicha sud jarayoni yakunlandi. Hozirda ish bo‘yicha sudyalarning maslahatlashuvi davom etyapti. Yaqin vaqtlarda hukm e’lon qilinadi”, deya ma’lum qildi Matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, Sobiq bosh prokuror pora olish, talonchilik va lavozimini suiiste’mol qilishda ayblanyapti. Ushbu jinoyatlar bo‘yicha ayblanuvchiga 15 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.
Shuningdek, shu kabi ayblovlar Bosh prokuraturaning 24 nafar sobiq xodimlariga nisbatan qo‘yilgan, jumladan, sobiq bosh prokurorning o‘g‘li Alisher Qodirovga nisbatan ham ayblov qo‘yilib, u xalqaro qidiruvga berilgandi.
Rashid Qodirov O‘zbekiston Bosh prokuraturasini 2000-2015 yillar davomida boshqarib kelgan. 2015-2017 yillar davomida Qodirov O‘zbekiston Konstitutsion sudi a’zosi bo‘lgan.
LiveBarchasi