Sobiq birinchi xonim infarktni boshdan kechirdi

Olam

image

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning rafiqasi Sara Nazarboyeva 2025 yil aprel oyida keng ko‘lamli miokard infarktini boshdan kechirgan. Bu haqda birinchi prezidentning matbuot kotibi Aydos Ukibay ma’lum qildi.

Infarktdan so‘ng Nazarboyeva uzoq vaqt davomida sun’iy nafas olish va sun’iy buyrak apparatlariga ulab qo‘yilgan.

“Sara Alpisovna 2025 yil aprelidan boshlab Olmaotadagi Prezident ishlarini boshqarish tibbiyot markazining Milliy shifoxonasida davolanayotgan edi. O‘sha paytda u keng ko‘lamli miokard infarktini boshdan kechirdi. Shifokorlar unga uzoq muddatli va og‘ir qandli diabet fonida yurak ishemik kasalligi, yurak va o‘pka yetishmovchiligi, shuningdek, zo‘rayib boruvchi surunkali buyrak yetishmovchiligi tashxisini qo‘ydi”, deydi u. 

Ukibayga ko‘ra, 2026 yil yanvar oyida Sara Nazarboyeva shifoxonadan chiqarilgan. Hozirda u uy sharoitida shifokorlar nazorati ostida qolmoqda.

2025 yil may oyida ijtimoiy tarmoqlarda Sara Nazarboyevaning vafot etganligi haqida mish-mishlar tarqaldi. O‘shanda Ukibay bu ma’lumotni rad etib, uning shifoxonada davolanayotganini, ammo tashxis, sog‘lig‘i holati, davolash usullari va natijalari haqidagi ma’lumotlar “Aholi salomatligi to‘g‘risida”gi kodeksning 273-moddasiga muvofiq shifokor siri o‘laroq oshkor etilmasligini bildirgan edi. 

Keng ko‘lamli miokard infarkti – bu eng og‘ir yurak xuruji bo‘lib, unda yirik arteriyaning tiqilib qolishi oqibatida yurak mushagining katta qismi nobud bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Sara Nazarboyeva 1941 yil 12 fevralda tug‘ilgan. U 1991–2019 yillar davomida Qozog‘istonning birinchi xonimi bo‘lgan. U ijtimoiy faoliyati bilan tanilgan – “Bo‘bek” fondi asoschisi, bolalar huquqlari, yetimlar va o‘zini anglash dasturlari yo‘nalishida faol ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev Sara Nazarboeva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing