Sobiq hokim Sirdaryo hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 10 sentyabr kuni Sirdaryo viloyati hokimligida viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev raisligida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga yangi tayinlov amalga oshirildi.

Shu kunga qadar Shirin shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Abdug‘affor Tillaboyevich Xojimatov viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Xojimatov Abdug‘affor Tillaboyevich 1967 yil 31 avgustda Namangan viloyati Uychi tumanida tug‘ilgan. 1994 yilda Namangan muhandislik-texnologiya institutini tamomlagan. 

Mehnat faoliyati davomida Namangan muhandislik-texnologiya instituti muhandisi, Sirdaryo viloyati “Sirdaryo gaz ta’minoti” boshqarmasi yetakchi muhandisi, Sirdaryo viloyati “Guliston gaz taminoti” korxonasi bosh muhandisi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zneftgazinspeksiyasi” Sirdaryo viloyati bo‘limi 1-toifali muhandis-texnologi, yetakchi muhandis-texnologi, bosh texnologi, “Markazgazta’minot” unitar korxonasi Sirdaryo viloyati gaz ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati hokimligi sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, Shirin shahriga “Yuksalish” umummilliy harakatining Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari lavozimida ishlab kelgan Sarvarbek Sultonov hokim etib tayinlandi.

Avvalroq, Samarqand va Andijon viloyati hokimlariga yangi o‘rinbosarlar tayinlangani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo tayinlov

Baholaganlar

153

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing