Sobiq Adliya vaziri vazirlikning Qashqadaryo viloyati boshqarmasiga rahbar bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 4 mart kuni Muzraf Ikromov Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasiga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Bu lavozimda u 2018 yildan beri ishlagan Salohiddin Nuriyevning o‘rnida ish boshladi. 

Muzraf Ikromov 1973 yili 14 sentyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy, mutaxassisligi — huquqshunos.

U 1990—1995-yillarda Toshkent davlat yuridik institutida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 1995 yili Adliya vazirligi iqtisodiy islohot bo‘yicha qonunchilik va me’yoriy hujjatlar loyihalarini tayyorlash hamda huquqiy ekspertiza qilish boshqarmasi katta maslahatchisi vazifasidan boshlagan. Keyinchalik mazkur boshqarmaning bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

2007 yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan. 2008—2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi huquqiy ekspertiza bo‘limi mudiri bo‘lib ishlagan.

2012—2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmatining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati bilan hamkorlik qilish bo‘yicha sho‘’ba mudiri, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. 2015-2017 yillarda u Adliya vaziri bo‘lgan. Bugungacha Muzraf Ikromov Hisob palatasi raisi lavozimida ishlagan.

Hozircha Hisob palatasiga kim rais bo‘lgani ma’lum emas.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Adliya vazirligi Muzraf Ikromov

Baholaganlar

42

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing