Sobchak qaysi davlatga qanday qochgani ma’lum bo‘ldi
Madaniyat-san’at
−
27 Oktabr 2022
18293Jurnalist Kseniya Sobchak Litvaga kirish huquqiga ega edi, chunki unda Isroil fuqarosi ekanini tasdiqlovchi hujjat – passport bor edi. Bu haqda Boltiqbo‘yi respublikasi Davlat xavfsizlik departamenti direktori Daryus Yaunishkis bugun, 27 oktyabr kuni kuni “Ziniu Radijas” radiostansiyasi efirida ma’lum qildi.
“Sobchak Isroil fuqarosi, shu maqomda Isroil pasporti bilan Litvaga kirishi mumkin, viza talab qilinmaydi va bu yerda 90 kun qoladi”, deydi u.
Kecha, 26 oktyabr kuni OAV Sobchak Litvaga Belarus orqali kirib kelgani haqida xabar berdi. Hozircha bu faktni rasmiy tasdiqlaganicha yo‘q.
“Ha, Sobchak Litvada ekanligini tasdiqlay olaman”, deydi davlat xavfsizlik departamenti direktori.
Sobchak Litvaga qabul qilinganda uning mamlakatda qolishi milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan baholanganmi yoki yo‘qmi, Yaunishkis aniqlik kiritmadi.
“Hozircha bizda bu milliy xavfsizlikka tahdid solishi mumkinligi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q”, deydi u.
Moskvaning Tverskoy sudi “Rostex” rahbari Sergey Chemezovdan 11 million rubl undirish ishi bo‘yicha Sobchak tijorat direktori Kirill Suxanov va “Tatler” gazetasining sobiq bosh muharriri Arian Romanovskiyni (Kuzmin) 24 dekabrgacha hibsga oldi.
Eslatib o‘tamiz, Sobchak Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 163-moddasi 3-qismi "b" bandi (yirik miqdordagi mol-mulkni qo‘lga kiritish maqsadida tovlamachilik) bo‘yicha gumon qilinmoqda. Ish bo‘yicha jabrlanuvchi “Rostex” mansabdor shaxsidir. Agar unga qarshi ayblov sudda o‘z isbotini tobsa, Sobchak 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Ushbu ish bo‘yicha Sobchakning tijorat direktori Kirill Suxanov va “Tatler” gazetasining sobiq bosh muharriri Arian Romanovskiy (Kuzmin) qo‘lga olingan. Sobchak Rossiya Federatsiyasidan qochib ketgan, 26 oktyabr kuni ertalab uning uyi tintuv qilingan.
Kseniya Sobchak Sankt-Peterburgning sobiq meri Anatoliy Sobchakning qizi bo‘lib, uning 1990-yillarda hamkori Vladimir Putin bo‘lgan. U Rossiya televideniyesida ko‘p ishlagan, mashhur shoularning boshlovchisi edi. 2011 yilgi Davlat Dumasiga saylovlardan so‘ng u norozilik aksiyalarida qatnashdi va Muxolifatni muvofiqlashtirish kengashiga qo‘shildi.
Shundan so‘ng u bir necha yil "Dojd" telekanalida ishladi, telekanal muxbiri sifatida u Vladimir Putinning matbuot anjumanlarida qatnashdi.
2018 yilda Sobchak prezidentlik saylovlarida qatnashdi, ommaviy axborot vositalari saylovlarga e’tiborni qaratish va mamlakatda muxolifat borligini ko‘rsatish uchun uning nomzodi Kreml bilan kelishilganini yozdi. Uning o‘zi bu ayblovlarni rad etdi.
Ukrainada urush boshlanganidan so‘ng, rossiyalik jurnalistlarga bosim sezilarli darajada oshdi, ma’muriy va jinoiy kodekslarga armiyani obro‘sizlantirish va harbiy feyklarga oid moddalar kiritilgani sababli yuzlab ommaviy axborot vositalari xodimlari mamlakatni tark etishga majbur bo‘ldi.
LiveBarchasi