Sobchak 15 yilgacha qamalishi mumkin. U mamlakatdan qochdi
Madaniyat-san’at
−
26 Oktabr 2022
28296Teleboshlovchi Kseniya Sobchak “Rostex” davlat korporatsiyasidan tovlamachilikda gumonlanuvchiga aylandi. Bu haqda TASS huquq-tartibot idoralariga tayanib xabar berdi.
“Sobchak Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 163-moddasi 3-qismi "b" bandi (ayniqsa yirik miqdordagi mol-mulkni qo‘lga kiritish maqsadida tovlamachilik) bo‘yicha gumon qilinmoqda. Ish bo‘yicha jabrlanuvchi “Rostex” mansabdor shaxsidir”, deydi agentlik suhbatdoshi.
Nashr izoh olish maqsadida Sobchakning o‘ziga murojaat qilgan. Xonim esa bu haqda izoh berishdan bosh tortgan. Agar unga qarshi ayblov sudda o‘z isbotini tobsa, Sobchak 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Huquq-tartibot idoralari vakillarining ma’lum qilishicha, ushbu ish bo‘yicha Sobchakning tijorat direktori Kirill Suxanov va “Tatler” gazetasining sobiq bosh muharriri Arian Romanovskiy (Kuzmin) qo‘lga olingan. Sobchak Rossiya Federatsiyasidan qochib ketgan, bugun, 26 oktyabr kuni ertalab uning uyi tintuv qilingan.
"U tunda (25 oktyabr) Moskvadan jo‘nab ketdi. Shu bilan birga u internet orqali kecha Dubayga, bugun esa Turkiyaga aviachiptalar sotib oldi. U tezkor xodimlarni chalg‘itish uchun shunday qildi. Natijada Belarus orqali Litvaga kirdi", deydi TASS gaplashgan anonim manba.
Sud bugun tergovning Suxanov va Romanovskiyni hibsga olish haqidagi iltimosnomasini ko‘rib chiqadi.
Kseniya Sobchak Sankt-Peterburgning sobiq meri Anatoliy Sobchakning qizi bo‘lib, uning 1990-yillarda hamkori Vladimir Putin bo‘lgan. U Rossiya televideniyesida ko‘p ishlagan, mashhur shoularning boshlovchisi edi. 2011 yilgi Davlat Dumasiga saylovlardan so‘ng u norozilik aksiyalarida qatnashdi va Muxolifatni muvofiqlashtirish kengashiga qo‘shildi.
Shundan so‘ng u bir necha yil "Dojd" telekanalida ishladi, telekanal muxbiri sifatida u Vladimir Putinning matbuot anjumanlarida qatnashdi.
2018 yilda Sobchak prezidentlik saylovlarida qatnashdi, ommaviy axborot vositalari saylovlarga e’tiborni qaratish va mamlakatda muxolifat borligini ko‘rsatish uchun uning nomzodi Kreml bilan kelishilganini yozdi. Uning o‘zi bu ayblovlarni rad etdi.
Ukrainada urush boshlanganidan so‘ng, rossiyalik jurnalistlarga bosim sezilarli darajada oshdi, ma’muriy va jinoiy kodekslarga armiyani obro‘sizlantirish va harbiy feyklarga oid moddalar kiritilgani sababli yuzlab ommaviy axborot vositalari xodimlari mamlakatni tark etishga majbur bo‘ldi.
LiveBarchasi