Smartfonlarga bog‘lanib qolish kashandalikka tenglashtirildi

Olam

image

Boston universiteti o‘qituvchisi Joel Renstrom smartfonlarga bog‘lanib qolishni kashandalik bilan tenglashtirdi. Olim tomonidan ushbu mavzuga bag‘ishlangan maqola The Conversation saytida e’lon qilindi.

Renstromning fikriga ko‘ra, chekish va gadjetlarga bog‘lanib qolishning umumiy jihatlari bor. Bugunda 96 foiz amerikalikning smartfoni bor va ularning aksariyati ularga o‘rganib qolgan. Bo‘sh qoldi deguncha, smartfonga “yopishib” oladigan ota-onalarning bu odati bolalarga qattiq ta’sir ko‘rsatadi. 

Tadqiqotchi misol tariqasida bolasini emira turib, bo‘sh qo‘li bilan smartfonidan foydalanayotgan onani keltirib o‘tgan. Uning ta’kidlashicha, ota yoki onasining bunday harakati bola xotirasida muhrlanib qoladi va uning xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatadi. “Inson miyasi 25 yil davomida rivojlanib boradi. Bundan tashqari, ikki oylik yoki ikki yashar bola haqiqatni to‘la anglay olmaydi”, deydi Renstrom.

Olim yana shuni alohida ta’kidladi-ki, bola o‘smir yoshida gadjetlarga bog‘lanib qolish xatarli ekanligini anglasada, ammo bu odatdan voz kechishda o‘zida kuch topa olmaydi. Bunga vaqtida gadjetlarga bog‘lanib qolgan ota-onalari sababchi bo‘lishgan. “Bu xuddi sigaret chekayotgan ota yoki onasini ko‘rgan bola, vaqti kelib o‘zi ham sigaret chekishga moyillik sezgandek deb tasavvur etish mumkin”, deb qo‘shimcha qilgan mutaxassis.


Maqola muallifi

Teglar

Smartfon kashandalik Joel Renstrom

Baholaganlar

46

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing