Dunyoda kashandalar soni milliarddan oshdi. O‘zbekistonda ham chekuvchilar ortgan

Olam

image
0:00
0:00
download

1990 yildan 2019 yilgacha dunyo bo‘ylab chekuvchilar soni 150 millionga o‘sdi va rekord darajada 1,1 milliardga yetdi. Ushbu ma’lumotlar “The Lancet” tibbiyot jurnalida chop etilgan.  

Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, bunday o‘sish aholi sonining ko‘payishi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, 1990 yilga nisbatan aholi orasida chekuvchilarning ulushi kamaygan — ayollar o‘rtasida 27,5 foizga va erkaklar orasida 37,7 foizga. 

Shuningdek, ayrim mamlakatlarda ushbu davrda chekishning mashhurligi oshgan:

• Afg‘oniston, Saudiya Arabistoni va Mo‘g‘ulistonda erkaklar orasida ham, ayollar orasida ham; 

• Misr va O‘zbekistonda erkaklar o‘rtasida; 

• Rossiya, Belarus, Litva va Portugaliyada ayollar orasida chekuvchilar soni o‘sgan. 

Tadqiqot mualliflarining fikriga ko‘ra, dunyodagi chekuvchilarning uchdan ikki qismi o‘nta mamlakatga, jumladan Hindiston, Indoneziya, Rossiya, Turkiya, Filippin va Xitoyga, dunyodagi barcha chekuvchilarning uchdan bir qismi esa Xitoyga to‘g‘ri keladi. 

Hisobotda aytilishicha, 2019 yilning o‘zida 8 millionga yaqin o‘lim chekish bilan bog‘liq kasalliklar tufayli kelib chiqqan va so‘nggi 30 yil ichida bunday o‘lim 200 milliondan oshgan.


Maqola muallifi

Teglar

kashandalik

Baholaganlar

108

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing