“Slovo Patsana” filmidagi “Palto” aktyorlik faoliyatini yakunlamoqchi
Madaniyat-san’at
−
24 fevral
12408“Slovo Patsana” filmidagi Andrey rolini ijro etgan yosh aktyor Leon Kemstach filmografiyadagi faoliyatini davom ettirmoqchi emas. Bu haqda “Kp.ru” nashri xabar berdi.
Bildirilishicha, yigitning asosiy sohasi aktyorlik emas. U katta ehtimol bilan diplomatiya yoki iqtisodiyot yo‘nalishida ishlash niyatida.
Bolaning o‘gay otasi, aktyor Anton Bogdanovga ko‘ra, “Slovo Patsana” filmining muvaffaqiyatidan so‘ng 15 yoshli aktyorga ko‘plab rejissyorlardan taklif kelib tushgan.
“Kemstachning aktyorlik tarixini davom ettirishi aniq emas. U diplomatik faoliyat bilan shug‘ullanadi. Lekin hozir kinodan takliflar ko‘p. O‘ylaymanki, u hali ham uch-to‘rt yil davomida o‘z mehnatidan zavqlanish uchun suratga tushsa bo‘lar edi. Bu uning hayotiy ishiga aylanadimi yoki yo‘q, bunisini aniq bilmayman”, deydi Bogdanov.
Ma’lumot uchun, Leon Kemstach ishbilarmon ayol va diyetolog Laura Kemstachning o‘g‘li. 2023 yil dekabr oyida ayol Anton Bogdanov bilan turmush qurgan. Kemstach aktyorlik faoliyatini 2021 yilda Artem Bogdanovning rejissyorlik debyuti bo‘lgan "Normalniy tolko ya" oilaviy melodramasidagi roli bilan boshlagan. Shundan so‘ng, "Slovo patsana" seriali unga katta shuhrat olib keldi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning "Aigel" dueti tomonidan kuylangan va serialda bir emas bir necha bor ijro etilgan "Pyala" treki film namoyishidan so‘ng bir necha hafta davomida Shazam musiqa platformasida, shuningdek, Rossiya va MDH toplarida birinchi o‘rinni egallab turgandi.