Sloveniya Netanyaxuning mamlakatga kirishini taqiqladi
Olam
−
26 Sentabr 2025 2201 2 daqiqa
Sloveniya hukumati Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning mamlakatga kirishini taqiqladi. Bu haqda mamlakatning 24UR telekanali xabar berdi.
Sloveniya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Neva Grashichning tushuntirishicha, Netanyaxuga nisbatan bunday qaror uning “urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlarni sodir etishda” ayblanib, unga qarshi sud jarayoni olib borilayotgani bilan izohlanadi.
Taqiq iyul oyida Isroilning Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir va Moliya hamda mudofaa vaziri Betsalel Smotrichga qarshi qo‘llangan choralardan keyin qabul qilingan. O‘shanda isroillik vazirlar “persona non grata” deb e’lon qilingan edi.
“Bu vazirlar o‘zlarining genotsid haqidagi bayonotlari bilan falastinliklarga qarshi o‘ta zo‘ravonlikka va inson huquqlarining qo‘pol ravishda buzilishiga undamoqda”, deyiladi xabarda.
Isroil Bosh vaziri ilgari Falastin davlatining mavjudligini Isroil uchun “tahdid” deb atagan edi.
Qayd etish joiz, kecha, 25 sentyabr kuni tongda Netanyaxu Tel-Avivdan Nyu-Yorkka BMT Bosh Assambleyasida qatnashish uchun jo‘nab ketdi va odatdagi AQSHga uchish yo‘nalishini o‘zgartirdi. Ichida Isroil Bosh vaziri bo‘lgan samolyot uni Xalqaro jinoiy sud (XJS) orderi asosida qo‘lga olish ehtimoli bo‘lgan davlatlarning havo hududidan o‘tmadi.
BMT Bosh Assambleyasidagi chiqishida Netanyaxu Falastin davlatini tan olgan mamlakatlarni tanqid qilishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH hukumati XJSni to‘liq nishonga olish masalasini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berilgandi. Davlat kotibi Marko Rubio uni “milliy xavfsizlikka tahdid” va “AQSH hamda uning ittifoqchisi bo‘lgan Isroilga qarshi yuridik urush quroli” deb atagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025