Slovakiya konstitutsiyasida faqat 2 jins tan olinishi belgilandi

Olam

image

Slovakiya Prezidenti Peter Pellegrini mamlakat konstitutsiyasida faqat ikki jins – erkak va ayolni tan olishni mustahkamlovchi tuzatishlarni imzoladi. Bu haqda u bugun, 30 sentyabr kuni o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 26 sentyabr kuni Slovakiya parlamenti uchinchi – yakuniy o‘qishda ushbu tuzatishlarni qabul qilgan. Uni 150 deputatdan 90 nafari qo‘llab-quvvatlagan. Shu tariqa hujjat Prezidentga imzolash uchun yuborilgan.

“Bugun men konstitutsiyaga kiritilgan va 90 deputat ovozi bilan qabul qilingan tuzatishlarni imzoladim”, deydi Pellegrini.

Ma’lumot uchun, joriy yilning yanvar oyida Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso mamlakat konstitutsiyasida faqat ikki jins – erkak va ayolni tan olish haqidagi qoidani mustahkamlash rejalari haqida gapirgandi. Unga ko‘ra, hech kim o‘zini “vertolyot, mushuk yoki it” deb e’lon qilmasligi kerak. Shu tashabbus doirasida endi konstitutsiyada faqat nikohda bo‘lgan an’anaviy juftliklar asrab olishi mumkinligi ham belgilab qo‘yildi. Bunda 2014 yildayoq nikoh erkak va ayol ittifoqi sifatida mustahkamlangani qayd etilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakatda va butun dunyoda “sog‘lom fikr inqilobi”ni e’lon qilib, AQSHda faqat ikkita jins – erkak va ayol tan olinishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Slovakiya konstitutsiya jins

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing