Skandinaviyaning 4 davlati yetakchilari Finlyandiyada yig‘ildi. Zelenskiy ham hozir Xelsinkida

Olam

image

Bugun, 3 may kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Finlyandiyaning poytaxti Xelsinkiga bir kunlik Shimoliy davlatlar sammiti uchun keldi. Bu haqda Finlyandiya Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Zelenskiy Finlyandiya Prezidenti Sauli Niinistyo qarorgohida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda to‘rtta shimoliy mamlakat Bosh vazirlari bilan uchrashishi kutilmoqda. Skandinaviya davlatlari Ukrainani qo‘llab-quvvatlash masalasini muhokama qiladi.

“Sammit mavzusi — Rossiyaning Ukrainaga qarshi bosqinchilik urushi, Skandinaviya davlatlarining Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishi, Ukrainaning Yevropa Ittifoqi va NATO bilan munosabatlari hamda Ukrainaning adolatli tinchlik tashabbusi”, deya ma’lum qilgan Niinisto idorasi.

Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristersson, Norvegiya Bosh vaziri Jonas Gahr Store, Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen, Islandiya Bosh vaziri Katrin Yakobsdottir va Finlyandiya Prezidenti Sauli Niinistyo Xelsinkida bo‘lib o‘tadigan uchrashuv uchun yig‘ilgan.

Xelsinkiga kutilmagan safaridan tashqari, nemis ommaviy axborot vositalari Prezident Vladimir Zelenskiy kelasi hafta Berlinga borishi haqida xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugungi uchrashuvga mezbonlik qilayotgan Finlyandiya yaqinda NATOga qo‘shilgan edi. Finlyandiya joriy yilning 4 aprelida NATOga 31-a’zosi sifatida qabul qilingan. Keyinchalik Finlyandiya Rossiya bilan chegarasidagi devorning 75 kilometrlik qismini qurishni boshladi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Zelenskiy Finlyandiya Skandinaviya Shimoliy davlatlar sammiti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing