SQX institutiga o‘qishga olib kirib qo‘yishni va’da qilgan firibgar qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Abituriyentni Samarqand qishloq xo‘jaligi institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, pora olgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda. 

Joriy yilning 16 may kuni Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida yashovchi 28 yoshli O.X. Ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilib, unda 2015 yil noyabr oyida tanishi Obi-hayot mahallasida yashovchi 54 yoshli O.A.unga Samarqand qishloq xo‘jaligi institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib undan 10.000.000 so‘m pulini olib o‘qishga kiritmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma’lum qilgan. Shikoyat orqali huquq-tartibot organlari xodimlari O.A.ni qo‘lga olgan.  

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat  ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Firibgarlik Korrupktsiya Samarqand qishloq xo'jaligi instituti

Baholaganlar

8

Reyting

3.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing