“Siz Prigojinning jinoiy sarguzashtiga aldandingiz” – Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner” jangchilariga murojaat qildi
Olam
−
24 iyun 2023
23033Bugun, 24 iyun kuni Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner” hujum otryadlari jangchilariga shoshilinch murojaat e’lon qildi.
“Siz aldanib, Prigojinning jinoiy sarguzashtlari va qurolli isyonida ishtirok etmoqdasiz. Bir nechta bo‘linmalardagi ko‘plab hamkasblaringiz doimiy joylashgan yerlariga xavfsiz qaytish imkoniyatini ta’minlash uchun yordam so‘rab, o‘zlarining xatolarini allaqachon angladilar. Biz tomondan barcha murojaat qilgan jangchilar va qo‘mondonlarga yordam allaqachon ko‘rsatilgan. Sizdan oqilona ish tutishingizni va imkon qadar tezroq Rossiya Mudofaa vazirligi yoki huquqni muhofaza qilish organlari vakillari bilan aloqada bo‘lishingizni so‘raymiz. Biz hammaga xavfsizlikni kafolatlaymiz”, deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 iyun kuni “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligini uning kompaniyasi pozitsiyalariga zarba berishda ayblab, 25 ming kishi bu bilan shug‘ullanmoqchi ekanini aytgandi. Bugun, 24 iyun kuni ertalab “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Prigojin bir necha harbiy ob’ektlarda nazorat o‘rnatganini aytib chiqdi. Mazkur xabar ortidan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov davlat rahbarining yaqin oradagi murojaat bilan chiqishini e’lon qildi.
LiveBarchasi