“Siz bizlarga qarsak chaldingiz, endi biz sizni qo‘llab-quvvatlaymiz”
Olam
−
07 iyun 2020 10563 2 daqiqa
Kecha, 6 iyun kuni shifokorlar va hamshiralar Markaziy Amerika bog‘ida afroamerikaliklarning huquqlarini qo‘llab-quvvatlash va politsiyaning shafqatsizligiga qarshi miting o‘tkazish uchun yig‘ildi. Shunisi e’tiborga loyiqki, ushbu xiyobonda yaqinda koronavirus bilan og‘rigan bemorlar uchun chodirlar kasalxonasi joylashtirilgan edi.
Shifokorlar "Irqchilik - bu pandemiya", "qora tanlilar hayoti uchun oq liboslar", "Politsiyaning o‘zboshimchaliklari - bu shoshilinch chaqiriq", "Siz bizlarga qarsak chaldingiz, endi biz sizni qo‘llab-quvvatlaymiz" yozuvlari bitilgan plakatlarni ko‘tarib olishdi.
"Biz pandemiya paytida odamlarning hayotini politsiya o‘ldirishi uchun saqlab qolmadik. Politsiyaning hibsga olish harakatlarini o‘zgartirish tarafdorimiz. Yaqinda politsiya keksa odamni itarib yubordi. bunday bo‘lmasligi kerak!”, dedi miting tashkilotchilaridan biri.
"Bilamizki, afroamerikaliklar ko‘pincha imtiyozlardan mahrum bo‘lishadi, biz ko‘pincha yomon sharoitlarda yashaymiz. Statistikaga ko‘ra, ko‘proq afroamerikaliklar koronavirus infeksiyasini yuqtirishadi. Biroq tibbiy xizmatlardan hamma ham teng foydalana olmaydi. Va biz bu tengsizlik yo‘q qilinishni ma’qullaymiz", dedi qora tanli shifokorlardan biri.
Keyin Markaziy xiyobondagi o‘nlab tibbiyot xodimlari norozilik namoyishi bilan shahar ko‘chalari bo‘ylab yurishdi.
Nyu-Yorkda kechki soat 8 dan boshlab komendantlik soati joriy etilganiga qaramay, turli joylarda noroziliklar kechgacha davom etmoqda. 6 iyun kuni talonchilikning oldini olish uchun Soxo hududi politsiya tomonidan butunlay berkitildi.
Live
Barchasi