Siyosiy vaziyat sabab Ronaldu Saudiyani tark etdi – OAV

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi hamda Saudiya Arabistonining “Al Nasr” klubi sardori Krishtianu Ronaldu mintaqadagi siyosiy vaziyat sabab oilasi bilan birga shaxsiy samolyotida Saudiya Arabistonini zudlik bilan tark etdi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Ronalduning shaxsiy samolyoti Misr va O‘rta yer dengizi orqali Yevropaga uchgan. Futbolchining o‘zi esa bortda bo‘lgan-bo‘lmagani hali aniqlanmagan.

Ma’lumki, Ronaldu Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida sevgilisi Jordjina Rodriges va besh nafar farzandi bilan istiqomat qilib keladi.

Qayd etish joiz, Yaqin Sharqdagi mojaro sport musobaqlari, jumladan, futbolga ham jiddiy ta’sir qilmoqda. Xususan, bungacha Italiyaning “Inter” jamoasi sobiq futbolchisi va Eron terma jamoasining asosiy hujumchisi Mehdi Taremi faoliyatini yakunlab, Eron armiyasiga qo‘shilishga qaror qilgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Qatar futbol assotsiatsiyasi AQSH va Isroilning Eronga bergan zarbalari hamda mintaqaga javoban uchirilgan raketalar ortidan mamlakatdagi barcha turnir va uchrashuvlarni noma’lum muddatga to‘xtatdi. Shu sabab Dohada o‘tkazilishi rejalashtirilgan Ispaniya va Argentina o‘rtasidagi Finalissima bahsi ham so‘roq ostida qoldi.

Bundan tashqari, Erondagi xorijlikliklar, jumladan o‘zbekistonlik futbolsilar ham mamlakatni tark etishga majbur bo‘lmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Krishtianu Ronaldu “Al Nasr”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing