ChatGPT siyosatga aralashishni boshladi

Bu qiziq

image

Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen parlamentda sun’iy intellekt boti ChatGPT tomonidan yozilgan matnni o‘qib berdi. Uning sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan yutuqlar va turli xavflar bo‘yicha nutqi parlamentdagilarni hayratga soldi. Bu haqda “The Scotfree” nashri xabar berdi

Daniya Bosh vaziri kecha, 31 may kuni parlamentda o‘z nutqini kutilmaganda to‘xtatib, “Bu yerda o‘qiganlarimni men yoki boshqa shaxs yozmagan”, degan va ChatGPT'ga ishora qilgan.

U o‘z nutqi davomida sun’iy intellektning (AI) inqilobiy jihatlari va xavf-xatarlari to‘g‘risida gapirib o‘tgan.

“O‘tgan yilning oxirida e’tibor markaziga aylangan sun’iy intellekt boti ChatGPT yuz foiz aniqlikni ta’minlamasada, turli g‘oyalar, jumladan, ilmiy maqolalar, she’rlar va nutqlar bilan matn yaratishda meni lol qoldirdi”, deydi Daniya Bosh vaziri.

Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan matn Daniya siyosati nuqtai nazaridan klishega aylangan siyosiy ifodalarni o‘z ichiga olgani parlamentdagilarni hayratga solgan. Ayniqsa “barqaror kelajak”, “iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash” va “odilroq jamiyat” kabi urg‘u berilgan fikrlar parlament a’zolarining e’tiborini tortgan.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiyaning Kanagava prefekturasidagi shaharlardan birining rahbariyati ma’muriy vazifalarni bajarishda yordamlashish uchun ChatGPT’dan foydalanishga qaror qilgan edi. Insoniyat bilan bog‘liqlik taraflari ko‘payib borayotgani bo‘yicha BMT xavotir bildirib, matn yoki tasvirlarni yaratishga qodir sun’iy intellekt insoniyat uchun katta xavf tug‘dirishi, hukumatlar va kompaniyalar undan foydalanishda juda ehtiyot bo‘lishlari kerakligi bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqqandi


Maqola muallifi

Teglar

sun'iy intellekt ChatGPT Mette Frederiksen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing