“Siti” “Oltin to‘p”ni olgan futbolchisiga Ispaniyadan o‘rinbosar topdi
Sport
−
13 dekabr 2024
1294“Valensiya” yarim himoyachisi Pepelu qishki transfer oynasida boshqa jamoaga o‘tishi mumkin. “Manchester Siti” 26 yoshli himoyachining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Estadio Deportivo” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “shaharliklar” Pepeluni jarohati tufayli joriy mavsum oxirigacha safdan chiqqan Rodrining o‘rnini bosuvchi futbolchi sifatida ko‘rmoqda.
“Manchester Siti” Pepelu uchun arzon narxda kelishib olishiga ishonmoqda. Inglizlar uni 25 million yevroga sotib olmoqchi, garchi futbolchining shartnomasida tovon puli 100 million yevro qilib belgilangan bo‘lsa ham.
Pepelu joriy mavsum “Valensiya” safida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumkor yarim himoyachining ko‘rshapalaklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portalida futbolchining qiymati 22 million yevroga baholangan.