“Siti” Xarri Keyn uchun kurashni davom ettiradi
Sport
−
12 noyabr 2021
2873“Manchester Siti” “Tottenxem” hujumchisi Xarri Keynga qiziqishni davom ettirmoqda. “Shaharliklar” 2022 yilning yanvar oyida 28 yoshli angliyalik uchun yangi transfer taklifini yuborishga tayyor. Bu haqida ESPN nashri xabar berdi.
“Siti” Antonio Konte “shporlar” bosh murabbiyi etib tayinlanishidan oldin klub prezidenti Daniel Levining Keynga nisbatan munosabati o‘zgaradi, degan umidda edi. U futbolchini hech bo‘lmaganda mavsum oxirigacha jamoada saqlab qolmoqchi. “Tottenxem” yozda Xarri Keyn uchun taxminan 150 million funt talab qilgan biroq arab shayxlari bu qadar katta summani to‘lashga tayyor bo‘lmagan.
Bu vaziyatda asosiy omil Keyn va Konte o‘rtasidagi munosabatlarga bog‘liq.
Bundan tashqari, Manchester shahri jamoasi “Borussiya Dortmund” hujumchisi Erling Xolandga qiziqish bildirmoqda. Biroq norvegiyalik futbolchiga “Real” va “Manchester Yunayted” klublari ham xaridor.
Ma’lumot uchun, Xarri Keyn joriy mavsum “Tottenxem” safida barcha turnirlarda 16 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urgan (shundan bittasi Angliya Premer ligasida) va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
LiveBarchasi