“Siti” futbolchisining uyi talon-toroj qilindi
Sport
−
31 yanvar 7051 1 daqiqa
“Manchester Citi” himoyachisi Ruben Diashning uyi Chempionlar ligasi doirasida Turkiyaning “Galatasaroy” jamoasiga qarshi uchrashuv vaqtida talon-toroj qilindi. Bu haqda “Globo” nashri xabar berdi.
Joriy yilning 28 yanvar kuni “Manchester Citi” Chempionlar ligasi asosiy bosqichining sakkizinchi turida o‘z maydonida “Galatasaroy”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Portugaliyalik himoyachi Ruben Diash jarohati sabab ushbu uchrashuvda ishtirok etmadi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi o‘yindan so‘ng mahalliy vaqt bilan soat 23:10 atrofida uyiga qaytib, uning uyiga o‘g‘irlik qilinganini aniqlagan. O‘g‘rilar zargarlik buyumlari, elektron qurilmalar, kiyim-kechak va boshqa qimmatbaho buyumlarni olib ketgan.
Taxminlarga ko‘ra, qiymati qariyb 4 million funt sterling (taxminan 4,6 million yevro) bo‘lgan uy videokuzatuv kameralari, signalizatsiya tizimi hamda elektr darvozalar bilan jihozlangan bo‘lgan. Hodisa yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli Ruben Diash 2020 yildan buyon “Manchester Citi” safida to‘p surib kelmoqda. U ingliz klubiga Portugaliyaning “Benfika” jamoasidan ko‘chib o‘tgan. Joriy mavsumda himoyachi klub safida barcha musobaqalarda 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol muallifi bo‘ldi.
Live
Barchasi