“Siti” futbolchisi jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda. U qamalishi mumkin
Sport
−
16 noyabr 2021
6406“Manchester Siti” himoyachisi Benjamin Mendi oltinchi marta jinsiy zo‘rlash muammolariga aralashib qoldi. Bu haqda “Sky Sports” nashri xabar berdi.
Sud 27 yoshli fransiyalik futbolchi uch ayolga nisbatan jinsiy tajovuz qilganlikda gumon qilinmoqda. Ish bo‘yicha sud 2022 yilning 24 yanvar kuniga belgilangan. Bu muddat davomida Mendi hibsga olinadi.
Eslatib o‘tamiz, “shaharliklar” Mendi familiyasi tushirilgan futbolkalar va u bilan bog‘liq mahsulotlarni o‘z sayti va internet-do‘konidan olib tashlagan edi.
Ma’lumot uchun, futbolchining “Manchester Siti” bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi. Ferlan Mendi 2017 yildan beri “shaharliklar” safida faoliyat yuritadi. U Gvardiola qo‘l ostida 75 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan va 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
LiveBarchasi