Sirtqi ta’lim to‘liq masofaviyga o‘tkaziladi – Majidov

Jamiyat

image

Avvalroq, oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish muddati o‘zgarmasligi, ammo yangi o‘quv yili qanday shaklda boshlanishi sharoitga qarab belgilanishi haqida xabar bergan edik.

Yaqinlashayotgan o‘quv yilidan sirtqi ta’lim 100 masofaviyga o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

“Sirtqi ta’lim 100 masofaviyga o‘tkaziladi. Kechki ta’lim shakli bo‘yicha ishlarni rejalashtirganmiz, qanday vaziyat bo‘lishidan qat’iy nazar, 50 masofaviyga o‘tadi.

Kunduzgi ta’lim borasida qanday yo‘l tutilishi karantin sharoitidan kelib chiqib belgilanadi”, dedi Majidov.

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat qayd etilganidan keyin – joriy yilning 16 mart kunidan boshlab mamlakatdagi barcha ta’lim muassasalari yopildi. O‘qish onlayn tarzda davom ettirildi. Biroq, mamlakatda internet sifatining pastligi, ayrim hududlarga umuman internet yetib bormagani bu sohada qator muammolarni suv yuzasiga chiqardi. Agar muammolar bartaraf etilmas ekan, o‘quvchilar va o‘qituvchilar sentyabrdan yana xuddi shu muammolarga duch keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Inomjon Majidov

Baholaganlar

576

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing