Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimidan olingani rostmi? Vazirlik izoh berdi
Jamiyat
−
13 yanvar 2021
14640Bugun, 13 yanvar kuni O‘zbekistondagi turli vazirliklarda lavozimiy o‘zgarishlarga boy bo‘ldi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Qishloq va Suv xo‘jaligi vazirlarining o‘rinbosarlari ishdan olindi.
Bu orada ijtimoiy tarmoqlarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidovning o‘zi ham lavozimidan ozod qilingani haqida xabarlar tarqaldi.
Rasman tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Inomjon Majidov O‘zbekiston Milliy universitetiga rektor etib tayinlangan.
Bu ma’lumot qanchalik haqiqatga yaqinligini bilish uchun vazirlik Matbuot xizmati bilan bog‘landik. Ular bu axborotni tasdiqlash uchun asos yo‘qligini ma’lum qilishdi. Ammo biror rasmiy yangilik bo‘lishi bilan e’lon qilinishini aytib o‘tishdi.
Ma’lumot uchun, Inomjon Majidov 2016 yil sentyabrida oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari, 2017 yil iyunidan esa vazir lavozimiga tayinlangandi.
LiveBarchasi