Sirdaryoga bir vaqtning o‘zida 11 kishi cho‘kib ketdi

Olam

image

Qozog‘istonning Turkiston viloyati hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosiga 11 kishi cho‘kib ketdi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib, “Tengrinews” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea kecha, 21 avgust kuni Turkiston viloyatidagi Ko‘ksaroy qishlog‘i hududidan o‘tgan Sirdaryo bo‘yida dam olayotgan 4 oila a’zolaridan iborat 20 kishi bilan sodir bo‘gan. Ularning 11 nafari daryoga cho‘kib ketgan, hozirda qutqaruv guruhining g‘avvoslari 6 nafarining murdasini topgan, 5 ta jasad esa haligacha qidirilmoqda.

“FVB hodimlariga soat 17:40 larda mazkur holat yuzasidan xabar kelib tushgan, ma’lumotlar tezkor, aniqlanishi kerak, Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular 11 kishi bo‘lgan, qutqaruvchlar 6 kishining jasadini topdi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati Baliqchi tumani hududidan o‘gan Qoradaryoda 2 nafar bola cho‘kib ketgan edi. Shuningdek, joriy yilning 13 iyul  kuni aynan shu daryodan ikki nafar voyaga yetmagan fuqaroning jasadi topilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Sirdaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing