Sirdaryodagi suv toshqinida qancha odam pasportsiz qolgani ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Sardobada ro‘y bergan suv toshqini oqibatida 3 448 nafar fuqaro fuqarolik pasportini yo‘qotgan. Bu haqda O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi bugun, 21 may kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

“Suv toshqinidan talafot ko‘rgan hududlarda o‘tkazilayotgan xatlov tadbiri davomida jami 3 448 nafar fuqarolarning fuqarolik pasportlari yo‘qligi aniqlandi va shundan, 1116 nafar fuqarolarning pasportlari topilib, o‘z egalariga qaytarildi“, deyiladi bayonotda.

Shuningdek, 1349 nafar fuqarolarga yangi biometrik pasportlar rasmiylashtirib berilgan, 983 nafar shaxslarga fuqarolik pasportlarini rasmiylashtirilmoqda. Ushbu fuqarolarning pasport olishlari uchun mablag‘lar davlat hisobidan qoplab berilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarda olib borilayotgan xatlov davomida 258 nafar fuqarolarning transportga oid texnik hujjatlari talafot natijasida йўқолганлиги aniqlangan. 100 nafar fuqarolarning haydovchilik guvohnomalari topilib o‘z egalariga qaytarildi. Qolgan 158 nafar fuqarolarga tegishli transport hujjatlarini rasmiylashtirish choralari ko‘rilmoqda. Xususan haydovchilik guvohnomalari mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” o‘quv sport texnik klublari bazasidan tekshirilib qisqa vaqt ichida qayta tiklab berilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

pasport Sardoba suv ombori

Baholaganlar

60

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing