Sirdaryodagi chegara postida XI-XIII asrlarga oid boylikni olib ketayotganlar ushlandi

Madaniyat-san’at

image

Sirdaryodagi chegara bojxona postida qadimiy buyumlarni olib chiqib ketayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda viloyat Bojxona boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Sirdaryo” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan ushbu post orqali harakatlanayotgan Volvo rusumli yuk avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilganda I.R.ga tegishli hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 21 dona bronzaga o‘xshash qattiq jismdan turli shakllarda o‘yib yasalgan tarixiy buyumlar borligi aniqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Milliy arxeologiya markazining xulosasiga muvofiq, ekspertizaga taqdim qilingan. Natijada 21 dona buyumga yagona ornament (naqsh) tushirilgani, yagona o‘ymakorlik shakllari borligi, tosh bo‘lakchalarining bir xil vaznga egaligi, O‘rta Osiyoning XI-XIII asrlarga oid noyob topilmalari hisoblanishi, O‘rta Osiyo metrologiyasi uchun muhim tarixiy manba ekani to‘g‘risida o‘rganilgan. 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining xulosasida ushbu 21 dona buyum amaldagi qonun hujjatlarga muvofiq, tarixiy qiymatdagi boyliklar ekanligi va umumiy qiymati 210 million so‘mni tashkil etishi hamda ularni O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish taqiqlanganligi ma’lum bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, hozirda yuqorida aniqlangan huquqbuzarlik holati yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo madaniy boylik

Baholaganlar

171

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing