Sirdaryodagi amalga oshmagan buyurtma qotillikning tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

3-sahifa

image

Avvalroq, Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida tadbirkor o‘ziga raqobatchi deb bilgan boshqa tadbirkorni o‘ldirish uchun qotil yollagani haqida xabar bergan edik. Ammo qotillik amalga oshmagan.

Amalga oshmay qolgan jinoyatga aloqador audioyozuv tarqaldi. Uni buyurtmachi o‘zi yollagan qotilga yuborgani aytilmoqda. Unda shunday deyiladi:

“Konkret” yo‘q qilish kerak. Shunday telefon qilish kerak, qayerdasan, kel shu yerga, deyish kerak... Murdani ko‘rish kerak, bo‘ldi. Pulini beraman. Murdani ko‘ramiz, bo‘ldi, chiqib ketamiz.

Yo‘limizdan chiqqan odamni yo‘q qilamiz, boshqa iloji yo‘q. Shunda kattalar ham tan beradi. O‘ldirsangiz ham organ nima qiladi? Yengil nafas oladi bitta haromi kamaydi, deb. Mana “tanga”si, aka. O‘likni shunday ko‘raman, bo‘ldi, men xursand bo‘laman”.

Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 7 dekabr kuni shaxsini sir saqlashni so‘ragan “X” ismli fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. U tanishi tadbirkor J.Z. (1994 y.t., muqaddam sudlangan) uni muqaddam “Bosqinchilik” jinoyati uchun sudlanganligidan xabar topib, o‘ziga raqobatchi deb bilgan tadbirkor M.D.ni o‘ldirishga buyurtma qilganini bildirgan. 

Bu xizmati evaziga J.Z. 5 000 AQSH dollari berishni va’da qilgan va taklifini rad qilgan taqdirda boshqa shaxslarni yollab bo‘lsa ham uni o‘ldirishini aytgan. Shuningdek, u “X”ga oldindan 1 000 AQSH dollari bermoqchi bo‘lgan. Fuqaro o‘z murojaatida uni jinoyat sodir qilishga undayotgan J.Z.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Joriy yilning 10 dekabr kuni Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda “X” ismli shaxs Guliston shahrida joylashgan qabriston yaqinida tadbirkor M.D.ni qotillik alomatlari bilan yotgan, yuz va bosh qismi grim qilingan jasadi va uni vafot etgani sun’iy ravishda yaratilgan foto suratini ko‘rsatgach, buyurtmachi tadbirkor J.Z. Mirzaobod tumani Bog‘iston mahallasi hududida unga 4 000 AQSH dollarini bergan vaqtida ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan J.Z.ga nisbatan JKning 25, 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu jinoyatni sodir etganligi isbotlangan shaxs 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Gumonlanuvchi J.Z. protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

qotillik

Baholaganlar

439

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing