Sirdaryoda YPX xodimi kaltaklandi
3-sahifa
−
18 Sentabr 2023 15223 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatida yo‘l-patrul xizmati xodimining bir guruh fuqarolar qurshovida yo‘l-transport hodisasi sodir etgan shaxs tomonidan kaltaklangani tasvirlangan video tarqaldi. QALAMPIR.UZ mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi JXX YHXB bilan bog‘lanib, batafsil ma’lumot oldi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 17 sentyabr kuni kuni soat 14:30 larda viloyat YHXB saf bo‘linmalari, YPX bataloni mobil qurilmalaridan foydalanish guruhi xodimi o‘ziga biriktirilgan Cobalt'da Xovos tumani hududidan o‘tuvchi A 376 avtomobil yo‘lida harakatlanib, xizmat olib borayotgan bo‘lgan. U bilan bir yo‘nalishda uning ortidan harakatlanib kelayotgan J.N. Nexia-2 mashinasida xodim boshqaruvidagi Cobalt’ni quvib o‘tayotib, YTH sodir qilgan.
Shundan so‘ng fuqaro A.J. YPX xodimga tajovuz qilib, unga tan jarohati yetkazgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Xovos tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida YPX inspektori bilan janjallashgan haydovchi qamalgan edi.
Live
Barchasi