Sirdaryoda yigit 8 yashar qizni maktab hojatxonasida zo‘rlamoqchi bo‘ldi
3-sahifa
−
13 Oktabr 2020
92261Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida 8 yoshli qizni maktab hojatxonasida zo‘rlamoqchi bo‘lgan yigit aniqlangani, ammo unga nisbatan jinoyat ishi ochilmagani haqida xabarlar tarqaldi.
Sirdaryo viloyati IIB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 15 iyul kuni Sayxunobod tumani IIB boshlig‘i nomiga fuqaro O.D. ariza bilan murojaat qilgan. Fuqarom murojaatida 15 iyul kuni soat taxminan 13:00 lar atrofida voyaga yetmagan, 2012 yil 10 iyunda tug‘ilgan qizi S.E.ni do‘konga narsa olib kelish maqsadida chiqarganini, lekin oradan 15-20 daqiqa o‘tsa ham qizi qaytib kelmaganidan so‘ng, uni qidirib ko‘chaga chiqqan vaqtida qizi, o‘zlari yashaydigan joy yaqinidagi 35-sonli umumta’lim maktabi tomonidan chiqib kelayotganini ko‘rganini aytgan. So‘ngra qizi bilan birgalikda yashash xonadoniga kelganida, qizi unga “do‘konga borayotgan vaqtida unga notanish bo‘lgan, keyinchalik "Z" deb tanilgan bir yigit uni velosipediga mindirib, maktabga olib borganini va o‘sha maktabga borgan vaqtida u hojatxonaga kirib, uni ham chaqirgani, o‘sha yerda uni o‘pib, unga uyatsiz harakatlar qilganini” ma’lum qilgan. Fuqaro O.D. “Z” ismli shaxs voyaga yetmagan qizi S.E.ga nisbatan tegajog‘lik qilganligi sababli unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, mazkur jinoyatni Sayxunobod tumani, Gulbuloq mahallasi, Oybek ko‘chasida yashovchi, muqaddam sudlangan M.Z. sodir etgani aniqlangan.
Mazkur holatda fuqaro M.Z.ning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismida nazardat tutilgan jinoyat alomatlari mavjudligi sababli, 2020 yil 14 avgustda M.Z.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirgi kunda jinoyat ishi yuzasidan Sayxunobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi