Sirdaryoda o‘z chaqalog‘ini pullayotgan shaxs ushlandi
Jamiyat
−
18 may 2019 4656 1 daqiqa
Sirdaryo viloyati Guliston shahri “Bo‘ston” MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolar chaqaloq savdosi bilan qo‘lga olinishdi. Bu haqda O‘zA nashri xabar qilmoqda.
2019 yilning 15 may kuni Sirdaryo viloyati IIB TEQKB xodimlari tomonidan Guliston shahar hududida o‘tkazilgan tadbir davomida Guliston shahar, “Bo‘ston” MFYda istiqomat qiluvchilar B.A. va B.L. fuqaro B.A.ning 2019 yilning 13 may kuni tuqqan farzandi M.Sh.ni fuqaro D.Z.ga 2 million so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr