Sirdaryoda uy yonib kulga aylandi

Jamiyat

image

Kecha, 15 iyul kuni Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani “Paxtaobod” MFY Anorli ko‘chasida joylashgan fuqaro A.X.ning uyida yong‘in sodir bo‘ldi.

Yong‘in soat 20:20 da boshlangan. Voqea joyiga yetib borgan yong‘in o‘chiruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘indan uyning 60 kv metr maydoni saqlab qolingan. Voqeada halok bo‘lganlar va tan jarohati olganlar qayd etilmagan. 

Yong‘in haqida alanga maydoni kengayib ketgandan so‘ng xabar berilgani uchun yong‘in o‘chirish bo‘linmalari ko‘rsatilgan manzilga yetib borganida imoratning asosiy tom qurilish konstruksiyalarini yong‘in qoplab olgan.

Yong‘inga 3 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Yong‘in oqibatida uyning 80 kv metr maydonida tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Hodisaning sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Sirdaryo

Baholaganlar

19

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing