Sirdaryoda o‘qituvchi 1-sinf qizning qo‘liga igna tiqqani aytilmoqda
3-sahifa
−
17 Oktabr
4364Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatidagi maktablardan birida o‘quvchilar o‘qituvchilar tomonidan igna sanchish bilan jazolanayotgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 14 oktyabr kuni fuqaro E.S. IIB ga murojaat qilib, Sirdaryo tumanidagi 27-sonli maktabning A.G. ismli ayol o‘qituvchisi maktabning 1-sinfida tahsil olayotgan, 2017 yilda tug‘ilgan qizi G‘.O. ning qo‘liga igna tiqqani va hojatxonaga chiqarmasdan ruhiy tazyiq o‘tkazganini bildirgan.
Holat yuzasidan hozirda tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, jarohat darajasini aniqlash uchun voyaga yetmagan G‘.O. ga nisbatan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi 277-maktabning 1-sinf rahbari xato qilgan o‘quvchilarini jazolash uchun ularning qo‘llariga igna va “samorez” sanchib, tan jarohati yetkazgani xabar qilingandi. Shundan so‘ng o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi va o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
LiveBarchasi