Sirdaryoda tuman qurilish bo‘limi boshlig‘i 400 dollar pora olayotganda ushlandi

3-sahifa

image

Sirdaryoda fuqaroga yer maydoni ajratish to‘g‘risida hokim qarorini chiqartirib berishini aytib, 400 AQSH dollarini pora sifatida olgan tuman qurilish bo‘limi boshlig‘i ushlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ`ga DXX Matbuot xizmati xabar berdi.

Mirzaobod tumani arxitektura bo‘limining sobiq xodimi mahalliy fuqaroga Sirdaryo tumani “Adolat” MFY hududidan 12 sotix yer maydonini ajratish to‘g‘risida tuman xokimi qarorining chiqarilishi uchun kerak bo‘ladigan hujjatlarni rasmiylashtirishda va ushbu yer maydonida qurilishi rejalashtirilayotgan yordamchi xo‘jalik binosining eskiz loyihasi hujjatlarini tayyorlashda yordam berishini aytib, evaziga 1200 AQSH dollari so‘raydi.

Avvaliga u 200 AQSH dollari ekvivalenti hisobida 2 mln 100 ming so‘m oladi, keyinroq esa 900 AQSH dollarini olgan vaqtida DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida, u 900 AQSH dollarining ma’lum bir qismini Sirdaryo tuman qurilish bo‘limi boshlig‘iga berishini aytgan. Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu mansabdor shaxs qurilishi rejalashtirilayotgan yordamchi xo‘jalik binosining eskiz loyihasi hujjatlarini tasdiqlab berish hamda ushbu yerga egalik qilish huquqi bo‘yicha tuman xokimining qarori chiqarilishi uchun lozim bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 400 AQSH dollarini o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq, Andijonda IIB katta tergovchisi va vaqtincha saqlash hibsxonasi boshlig‘i 12 ming dollar pora olayotgan vaqtda ushlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya

Baholaganlar

64

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing