Sirdaryoda transformator portladi

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida transformator yonib, portlab ketdi. Tuman hokimligi va “Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan mazkur hodisani o‘rganib, rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Xovos tumanida “Oqchangal” MFYdagi yong‘in chiqqan transformator punkti “Afrosiyob” podstansiyasi fider “Oqchangal” tarmog‘idagi 301-sonli transformator punktida soat 21:29 da yong‘in kelib chiqqani haqida Xovos TETK dispetcherlik bo‘limiga ma’lumot kelib tushgan.

Voqea joyiga tezkor guruh 21:47 da yetib borib vaziyatni o‘rgangan. Transformator punktiga yuklamaning keskin oshib ketishi natijasida transformatorning B fazasi to‘liq yonib ketganligi aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, transformator punkti to‘liq yonib ketganligi sababli 60 ta xonadon elektr energiyadan uzilgan.

Ayni paytda Xovos tumani hokimligi tegishli ma’sullari hamda Xovos tuman Elektr ta’minoti korxonasi hodimlari tomonidan tezkor choralar ko‘rilib ushbu iste’molchilar elektr energiya tizimiga qaytadan ulangan.


Maqola muallifi

Teglar

elektr energiyasi transformator

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing