Sirdaryoda toshqinning elektr ta’minotiga yetkazgan zarari qachon to‘liq bartaraf etiladi?

Jamiyat

image

“Sardoba” suv omboridagi favqulodda holat natijasida yuzaga kelgan elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq avariyaviy holatlarni 2020 yil 18 mayga qadar bartaraf etish rejalashtirilgan. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, tabiiy ofat oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida Energetika vazirligi va “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati boshchiligida tashkil etilgan Shtab va ishchi guruhlar tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, bugungi kunga qadar 2 ta podstansiya, 92 ta transformator punkti va 271,6 km elektr uzatish tarmoqlari, 4 937 ta elektr ustunlarini ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshirilib, to‘liq ishga tushirildi. Ushbu ishlarga 3,8 mlrd so‘m soha mablag‘lari yo‘naltirildi.

Natijada, 7 987 ta elektr ta’minoti uzilgan aholi xonadonlaridan (suv yetib bormagan hududlar aholisini xavfsizlik uchun elektr ta’minotidan uzib qo‘yilganlar bilan 12 000 dan ortiq) 7 432 tasi to‘liq elektr energiya bilan ta’minlandi.

Suv toshqini natijasida talafot ko‘rgan 12 ta aholi punktidan 10 tasi to‘liq barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlandi. 

Shuningdek, toshqin natijasida talafot ko‘rgan elektr qurilmalarini ta’mirlash bo‘yicha tarmoq jadvali va chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 may kuni Sirdaryo viloyatidagi "Sardoba" suv ombori to‘g‘onining yorilishi natijasida ko‘plab qishloqlarni suv bosdi. Toshqin qo‘shni Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyati maqtaaral tumanidagi aholi yashash punktlariga ham zarar yetkazdi.


Maqola muallifi

Teglar

elektr ta'minoti Sardoba suv ombori

Baholaganlar

20

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing