Sirdaryoda terrorchi guruh a’zolari qo‘lga olindi
3-sahifa
−
11 noyabr 2021
11538Joriy yilning 9 noyabr kuni Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida Suriyadagi hududidagi terrorchilik tashkilotlar g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan shaxslar ushlandi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIB bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Aniqlanishicha, Xovos tumanida yashovchi B.T. va uning bir nechta hamfikrlari Internet orqali Suriya Arab Respublikasi hududidagi terrorchilik tashkilotlari a’zolarining ta’siriga tushib, yaqin aloqalari orasida ekstremistik mazmundagi, xususan “jihod”ga chorlovchi materiallarni muntazam ravishda tarqatib kelganlar. Shuningdek, guruh yetakchisi B.T.ning kelgusida Suriyaga borib, terrorchi guruhlar tarkibiga qo‘shilishni maqsad qilganini tasdiqlovchi ma’lumotlar olingan.
Guruh a’zolarining yashash manzillarida o‘tkazilgan tintuv jarayonida, ularning uyali aloqa vositalarida ekstremistik mazmundagi materiallar aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mavjud materiallar asosida B.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida u hibsga olindi.
Hozirda B.T. va uning aloqalariga nisbatan tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
LiveBarchasi