Rossiyada Davlat Dumasi “Tolibon”ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqardi

Olam

image

Rossiya Davlat Dumasi ikkinchi va uchinchi yakuniy o‘qishda “Tolibon” harakatini Rossiyada taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish imkoniyatini ko‘zda tutuvchi qonunni qabul qildi. Bu haqda “Moscow Times” xabar berdi.

Tasdiqlangan qonunga ko‘ra, terroristik tashkilotlarning federal ro‘yxatiga o‘zgartirishlar sudning tegishli qarori kuchga kirgandan so‘ng darhol kiritilishi mumkin.

Hujjat bilan, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining Ma’muriy protsessual kodeksiga tashkilotlarning faoliyatini taqiqlashni vaqtincha to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishni tartibga soluvchi o‘zgartishlar kiritiladi. Qolaversa, 2001 yil 7 avgustdagi 115-FZ-sonli "Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonunga ham qo‘shimchalar kiritiladi. Xususan, tashkilot yoki jismoniy shaxsni ekstremist yoki terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish asoslariga aniqlik kiritiladi.

Qonun loyihasi besh deputat va yetti senator tomonidan ishlab chiqilgan. Davlat Dumasi xavfsizlik bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ernest Valeyevning tushuntirishicha , “Tolibon” terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatidan chiqarilgandan so‘ng rossiyaliklar, agar xohlasa, harakatga qo‘shilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, “Tolibon” Rossiyada 2003 yildan beri terrorchi tashkilot sifatida tan olinganiga qaramay, Moskva so‘nggi yillarda u bilan aloqalarni davom ettirib kelmoqda. Vladimir Putin “Tolibon”ni “hamkorlar”, Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov esa “oqil odamlar” deb atagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Markaziy Osiyo davlatlari bilan Afg‘onistonning “Tolibon” muvaqqat hukumatini tan olish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tolibon terrorchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing