Sirdaryoda piyoda YTH qurboni bo‘ldi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida haydovchi Lacetti`da piyodani urib yuborib, yo‘l-transport hodisasini sodir etdi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB YHXB Axborot xizmati xabar qildi.

Joriy yilning 19 noyabr kuni taxminan soat 21:00 larda Oqoltin tumanidagi “Shodlik” MFYda Lacetti rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Natijada piyoda voqea joyida vafot etgan. 

Ushbu hodisa yuz bergan hudud yo‘llari talabga javob bergan bo‘lib, YTHga sabab qilib piyodaning noto‘g‘ri yo‘nalishda harakatlanishi ko‘rsatilgan. 

Mazkur hodisa yuzasidan Oqoltin tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

YTH Sirdaryo

Baholaganlar

49

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing