Sirdaryoda Osiyo chempionining ota-onasiga Umraga yo‘llanma berildi

Sport

image

Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Navro‘z saylida yaqinda yakuniga yetgan U-20 Osiyo chempionatida kubokni qo‘lga kiritgan terma jamoa vakili Abbos Fayzullayevning ota-onasiga Umraga yo‘llanma berildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Mahmudaliyev tashkil etilgan bayramda ishtirok etib, Fayzullayevning ota-onasiga shaxsan o‘zi Umraga yo‘llanmani topshirgan.

“O‘ylaymizki, keyingi jahon chempionatlarida ham vatanimiz bayrog‘ini yuqori cho‘qqiga ko‘tarishda Abbosbekning hissasi katta bo‘ladi. Jamoatchilik kengashi bilan kelishib, 2023 yil aprel oyida sizlarni (Abbos Fayzullayevning ota-onasiga qarab) Umra safariga yuborish bo‘yicha qaror qabul qildim”, deydi Mahmudaliyev.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1-18 mart kunlari O‘zbekistonda futbol bo‘yicha U-20 Osiyo chempionati bahslari bo‘lib o‘tdi. Turnir yakunlariga ko‘ra mezbon – O‘zbekiston jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Final bahsida Ravshan Haydarov shogirdlari iroqlik futbolchilarni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. 

Futbol bo‘yicha U-20 Osiyo Kubogi g‘olibi Abbos Fayzullayev chempionatning “Eng yaxshi futbolchisi” deb topildi. G‘oliblarga sovg‘a sifatida 33 ta Gentra avtomobillari topshirildi.

Javohir Qadamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Osiyo chempioni Umraga yo'llanma Abbos Fayzullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing